Welcome to АО «Gidromaxsusqurilish»   Click to listen highlighted text! Welcome to АО «Gidromaxsusqurilish» Powered By GSpeech

Настройки отображения

Размер шрифта:
Цвета сайта
Изображения

Параметры

“Gidromaxsusqurilish” aksiyadorlik jamiyati 2025 yil 22 iyul kuni soat 11:00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Yig‘ilish Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi, 1A-uyda Jamiyat ma’muriy binosining majlislar zalida o‘tkaziladi.

Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish soat 10.00 da boshlanadi.
Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar:
1. Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini va sanoq komissiyasini shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
2. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2024 yil yakuni bo‘yicha hisobotini tasdiqlash;
3. Jamiyat Ijroiya organining Jamiyatning 2024 yil yakunlari buyicha moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishi bo‘yicha hisobotini tasdiqlash;
4. Jamiyatning 2024 yil yakuni bo‘yicha (yillik) hisobotini tasdiqlash;
5. Jamiyatda 2024 yil yakuni bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash hisobotini tasdiqlash;
6. Jamiyatning 2024 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha tashqi auditorlik tekshiruvi xulosasini tasdiqlash;
7. Jamiyat Bosh direktorini saylash va mehnat shartnomasini tuzish.;
8. Jamiyatning 2024 yil yakunlari buyicha sof foyda taqsimoti, dividendlarni to‘lash shakli, miqdori va tartibini tasdiqlash;
9. Affillangan shaxslar bilan kelgusida Jamiyat tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni (bitimlarni) ma’qullash.
Jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sana – navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reestri 2025 yil 17 iyul holatiga va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aksiyadorlarining reestri 2025 yil 22 iyul holatiga shakllantiriladi.
Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat - pasport, aksiyadorlarning vakillari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligada belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun - notarius tomonidan tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun - mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) ishonchnoma bilan kelishlari lozim.
Aksiyadorlar aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar bo’yicha hamda qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat etilishi so‘raladi: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak, 1A-uy. Elektron pochta: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра., Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра..
Tel: 90-982-56-82
Kuzatuv kengashi

 

 
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech